«Manchester Siti» – «Arsenal», Kataloniya derbisi, «Yuventus» – «Roma» va boshqa shunchaki o'tkazib yuborib bo'lmaydigan uik-endning markaziy uchrashuvlari

Yevropa 17 Dekabr 2016 2367

Evropaning kuchli beshlik deb atalmish chempionatlarida bu haftada ham bir qator muhim uchrashuvlar bo'lib o'tadi. Klassik derbilar, murosasiz to'qnashuvlar va kutilmagan syurprizlar taqdim yetayotgan jamoalar o'rtasidagi uchrashuvlar mazkur hafta yakunidan o'rin olgan. Tribuna.uz uik-endda muxlislarni zeriktirmaydigan o'yinlari uchun anonsini taqdim yetadi.

«RB Leyptsig» – «Herta» (17 dekabr, 19:30, Match! Futbol 3)

Keyta, Forsberg, Zabittser, Verner. Bu kabi futbolchilarni bir yil oldin deyarli hech bir futbol muxlisi yaqindan tanishi amri mahol yedi. Ammo bu mavsumda leyptsigliklar bilan ajoyib futbol ko'rsatayotgan bu futbolchilar qisqa muddatda o'z nomlarini barchaga tanitishga ulgurishdi. «Herta» ham mana ikkinchi mavsumdirki bundesligani juda yaxshi boshlamoqda. O'tan turda bu ikki jamoa sinxron ravishda mag'lubiyatga uchraganiga qaramay, hamon turnir jadvalining yeng yuqori pog'onalarini band yetib turishibdi. 

«Leyptsig» o'tgan turga kelibgina debyut mavsumidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib olishga majbur bo'ldi. Qiziq tomoni jamoa chempionatining yeng yomon o'yin ko'rsatayotgan, Ralf Hazenxyuttlning sobiq jamoasiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. «Herta»ning omadsizligi ham kutilmagan bo'ldi. Jamoa bir necha uchrashuvdan iborat g'alabalardan keyin «Olimpiashtadion»da «Verder»ga mag'lubiyatga uchradi.

Bu uchrashuvni o'ziga xos derbi ham deb nomlash mumkin sababi, bundesliganing qolgan barcha jamoasi Germaniyaning g'arbiy qismi jamoalari hisoblanadi. Aynan «Leyptsig» va «Herta» Sharqiy Germaniya sharafini himoya qilayotgan jamoalar sanalishadi.

«Barselona» – «Espanol» (18dekabrdan 19 dekabrga o'tar kechasi, 00:45, UzReport)

Yana bir derbi. Yana bir uzoq tarixga yega klassik qarama-qarshilik. 

«Barselona» joriy yilning o'zidayoq qo'shnilarini ikki marta yirik hisobda mag'lubiyatga uchratishni uddaladi. Ammo hozirga kelib «Espanol» o'zining yaqin yillardagi yeng yaxshi formasiga kirib ulgurgan. Jamoa darvozaboni Diego Lopes 550 daqiqa mobaynida gol o'tkazib yubormadi. Kike Sanches Flores shogirdlari so'nggi marta 25 sentyabrda mag'lubiyatga uchragan. Ular 11 uchrashuvdirki mag'lubiyatsiz ketishmoqda. So'nggi ikki oyda jamoa 4 g'alaba va 3 durang qayd yetishgan. Shu muddat davomida «Barsa» qancha ochko to'plagan bo'lsa ularda ham shuncha ochko mavjud. 

Kataloniyaliklar fantastik Madridga qarshi o'yinda yo'qotilgan ikki ochkodan keyin o'tgan turda «Osasuna»dan biroz bo'lsada alamlarini olishga muvaffaq bo'lishdi. Yendi yesa  jamoa rekordlar qayd yetayotgan Diego Lopes darvozasiga yo'lni Messi, Neymar va Suares uchligi yordamida izlab ko'radi

«Monako» – «Lion» (18 dekabrdan 19 dekabrga o'tar kechasi, 00:45, Match TV)

Monegasklar so'nggi vaqtlarda qonga tashna yirtqichlardek ko'zga tashlanmoqda. Jamoa so'nggi beshta uchrashuvda 21ta gol kiritdi. So'nggi 6 uchrashuvning 5tasida o'z darvozasidan to'p olib chiqmadi. O'z uyida ketma-ket 7 marta g'alaba qozondi... Ammo g'alati tomoni mana shunday natijalari bilan ham Jardim shogirdlari hamon Frantsiya chempionatid peshqadamlik qila olmayapti.

«Lion» ham anoyilardan yemas, jamoa «Monako»ga so'nggi 5 uchrashuvda umuman mag'lubiyatga uchragani yo'q. O'tgan mavsumda jamoa monegaskliklarni 6:1 hisobida yengib sal bo'lmasa YeChL yo'llanmasidan quruq qoldirib ketishi mumkin yedi. «Lui II» tribunalari o'sha mag'lubiyat revanshidan ilinjida yonishi kutilmoqda.

Hafta o'rtasida ikkala jamoa ham yetakchilarga dam berishdi: «Monako» Liga Kubogida osonlik bilan keyingi bosqichga yo'l olgan bo'lsa, «Lion» penaltilar seriyasidagi mag'lubiyat tufayli musobaqadan chiqib ketdi. Yendi Bruno Jenezo jamoasini chempionat uchrashuvlarida ham mag'lubiyatga uchrashiga yo'l qo'ymasligi kerak – Chempionlar ligasi uchun beriladigan uchinchi yo'llanma bilan oradagi farq yetarli darajada yomon holatda qolmoqda. Shunday yekan bizni oldinda juda qiziqarli to'qnashuv kutmoqda. Falkao – Lyakazett o'rtasidagi superhujumchilar duelini ham kuzatishni unutmang.

«Manchester Siti» – «Arsenal» (18 dekabr, 21:00, UzReport, Match TV)

Uik-endning shubhasiz yeng, yeng markaziy uchrashuvi «Etihad»da bo'lib o'tadi. So'nggi turlarni bir tekisda o'tkaza olmayotgan ikki jamoa «Chelsi»ga qarshilik ko'rsatish uchun kim ko'proq munosib yekanligini isbotlashga harakat qiladi. 

Manchesterliklar «Arsenal»ni 2013 yilning 14 dekabridan buyon mag'lubiyatga uchrata olmayapti: 6 uchrashuvdan buyon mag'lubiyatsiz seriyada Venger shogirdlari 2ta yoki undan ko'p to'p kiritishmoqda. Gvardiola va Venger o'rtasidagi to'qnashuvlarda yesa kataloniyalik mutaxassisning qo'li baland kelgan. 4 g'alaba ikki durang, ikki mag'lubiyat.

Pep-Siti ketma-ket ikkita mag'lubiyatdan so'ng nihoyat o'tgan turda g'alab qozondi. «Arsenal» yesa 14 tur davom yetgan mag'lubiyatsiz seriyasiga «Everton» yakun yasab berdi. Natijada ikkala jamoa o'rtasidagi farq yana minimum darajada qisqardi. Ammo mezbonlarning bu uchrashuvda muammolari «Arsenal»ni sevimli joyiga qaytara olmasligi mumkin. Aguero va Fernandino diskvalifikatsiya tufayli o'yinni o'tkazib yuboradi. Kompani jarohati yoniga yendi juda yaxshi sport formasiga kirib ulgurgan Gundo'g'an ham qo'shildi, turk-nemis futbolchisi uchun mavsum butunlay yakunlangani bashorat qilinmoqda. «Arsenal»da shartnomasi uzaytirilmayotganiga qaramay Aleksis Sanches ajoyib formaga kirib olgan. O'zil yesa unga munosib pleymeyker bo'lishda davom yetmoqda. Bir so'z bilan aytganda yakshanba oqshomida bizni fantastik qarama-qarshilik kutmoqda.

«Everton» – «Liverpul» (19 dekabrdan 20 dekabrga o'tar kechasi. Match! Futbol 1. 01:00)

«Arsenal»ga qarshi o'yingacha 10ta uchrashuvda 1 martagina g'alaba qozongan Kuman shogirdlari o'tgan turdagi irodali g'alaba yevaziga chempionatdagi yeng muhim uchrashuv oldidan repetitsiya qilib olishdi. Guye va Berri iborat markaz va hujumdagi Lukakular ko'rsatayotgan o'yin yevaziga «Everton» Klopp qurgan o'yinni buzib yuborishi mumkin. Ammo diskvalifikatsiya tufayli o'yinni o'tkazib yuboradigan markaziy himoyachi Fil Jagelkaning o'rni bilinishi turgap gap.

Qiziq tomoni, mavsumni unchalik ishonchli o'tkazmayotgan bo'lishiga qaramasdan «Everton» o'z uyida mag'lubiyatga uchramagan uchta jamoadan biri bo'lib turibdi. Bundan tashqari «Gudison Park»dagi so'nggi 4ta derbida ham durang natija qayd yetilgan. 

«Liverpul» o'tgan turni hisoblamaganda oxirgi to'rtta uchrashuvda faqatgina bitta g'alabani qo'lga kiritgandi. Jamoa hamon Felipe Koutino xizmatidan foydalana olmayapti. Ammo uning o'rnini Adam Lallana, Sado Mane va Divok Origilarning sermahsul o'yinlari yopib turibdi. Derbida ham aynan shu futbolchilar Klopp jamoasiga chempionlik kurashidagi muhim ochkolarni keltirish uchun harakat qiladi,

«Yuventus» – «Roma» (17 dekabrdan 18 dekabrga o'tar kechasi, 00:45, Match TV)

Italiya chempionatida chempionlik uchun intriga saqlab qolinadimi? Skudetto uchun da'vogarlik qilayotgan ikki jamoa uchrashuvi bu masalaga oydinlik kiritib beradi.

Ikkala jamoa ham o'tgan turda qiyin sinovlardan yeson-omon o'tib olishni uddaladi. «Yuve» derbida yana bir bor «Torino»ni so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatga uchratib ketdi, «Roma» yesa «Milan»ga qarshi o'ta og'ir kechgan uchrashuvda 3 ochkoni amalladi. Yendi chempionlik uchun kurashni mazkur ikki jamoa o'rtasida ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Turinliklar rodjestvo arafasida «Roma»ni ketma-ket yettinchi marta mag'lubiyatga uchratib o'zlari uchun munosib sovg'a tayyorlashni va skudetto taqdirini deyarli hal qilib qo'yishni istayotgani aniq. «Yuventus» o'zining asosiy himoyachilaridan foydalana olmayotgan bo'lsada, aynan orqa chiziqning samaradorligi bo'yicha A seriyada yetakchilik qilmoqda. Turinlik himoyachilardan boshqa hech kim ushbu mavsumda raqiblar darvozasiga 8ta to'p kiritmagan. Bu paytga kelib yesa «Roma» darvozabon Voytsex Shchensnining ochilmagan qirralarini ko'z-ko'z qilmoqda. Polshalik posbon shu paytgacha istalgan sheriklaridanda ko'proq Yedin Djekoga to'p yetkazib bergan futbolchi bo'lib turibdi. Shu ma'noda olib qarasak bosniyalik futbolchiga vatandoshi Mirolim Pyanichning yo'qligi ham sezilyapti – u hamon to'purarlar ro'yxatini boshqarib bormoqda. 

Umuman olganda intriga uchun barcha narsa bor. A seriya qiziqarli kechishini istasangiz «Roma» g'alabasi sizni quvontirishi kerak. Sababi rimliklarning g'alabasi oradagi farqni minimumgacha qisqarishi uchun sabab bo'ladi. Shuningdek «Milan» («Atalanta»ga qarshi, 17 dekabr, 22:00, Match! Futbol 2) o'z o'yinini yutgan taqdirda yana chempionlik uchun kurashga qaytishi mumkin bo'ladi.

Hafta yakuni futbol muxlislarini zeriktirmaslikka va'da bermoqda. Tribuna.Uz ular bilan tanishtirishda va sharhlashda davom yetadi.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: