Foto: «Barselona»ning 2017/2018 yil mavsum uchun libos dizayni suratlari paydo bo'ldi

Yevropa 05 Dekabr 2016 5283

Sport.es nashri Kataloniyaning «Barselona» klubi 2017/18 mavsumda kiyadigan libos dizayn loyihasini taqdim qildi.

Manba xabariga ko'ra, «Barselona» rahbarlari texnik homiy Nike bilan mazkur dizaynni tasdiqlash bo'yicha kelishib olishgan va u ishlab chiqarish bosqichiga yuborilish arafasida. Klubning kelgusi mavsumdagi titul homiychi Rakuten kompaniyasi bo'ladi.

Yangi forma o'zida ko'k va anorrangli chiziqlarini saqlab qolgan, biroq chiziqlar o'lchami kichrayib, soni ortganini ko'rishimiz mumkin.

Ikkinchi komplekt formasi  to'liq havorang, uchinchi forma yesa binafsharang ko'rinishda bo'lishi belgilab qo'yilgan.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: