Chorasiz «Barselona», antirekordchi Mourino, Krasnodardagi triller va «uik-end»ning boshqa yeng yorqin lahzalari

Yevropa 28 Noyabr 2016 6807

O'tgan hafta uik-end’i voqealarga juda boy bo'ldi. Ayniqsa yetakchi jamoalarning ko'rsatgan muvaffaqiyatsiz o'yinlarini alohida qayd yetib o'tish joiz. «Barselona» bu mavsumdagi barcha antirekordlarini yangilagan o'yinini o'tkazdi. «Yuventus» Italiya A seriyada duch kelmagan muammosiga duch keldi. Joze Mourino «MYu» uzoq yillardan buyon ko'rsatgan yeng yomon natijalarini yangilab tashladi. Tribuna.Uz Yevropaning yeng voqealarga boy bo'lgan hafta yakunini yodga olib o'tishga qaror qildi.

To'psiz «Barselona»

Maydonda to'psiz qolgan «Barselona»ni yeslay olasizmi? Menimcha yo'q. Joriy mavsumning o'zida Gvardiola jamoasiga qarshi ikki marta to'p surganda ham Yenrike shogirdlari umumiy to'p nazorati bo'yicha yetakchilik qilgandi. Ammo «Sosedad»ga qarshi uchrashuvda «ko'k-anorranglilar» raqibga to'pni ko'proq muddatga berib qo'yishdi 52,6 ga 47,4 foiz. Jamoaning o'yini o'xshamaganiga bu birgina isbot yemas. To'psiz qolgan Lionel Messi boshchiligidagi jamoa Neymar-Suares-Messi uchligi bilan birinchi bo'limda biror marta ham raqib darvozasiga aniq zarba bera olmadi. Bunaqasi mavsum davomida kuzatilmagandi. Natijada kataloniyaliklar uchun «Anoeta»dagi muvaffaqiyatsiz uchrashuvlar ketma-ketligi yanada cho'zildi, Pike durangdan xursand bo'lish kerakligi va bunaqa o'yin bilan jamoa chempion bo'la olmasligini tan olib yubordi. «Real Sosedad» murabbiyi yesa haqli ravishda o'z o'yini bilan maqtanib o'tdi. Hujumchi Karlos Vela yesa boshini baland ko'tarib jamoasi bu o'yinda ikki ochko yo'qotganini ta'kidladi.

Zidan va Ronaldu

«Barselona»ning muvaffaqiyatsiz o'yinidan «Real» foydalanishda davom yetmoqda. Madridliklar bu turda autsayderga qarshi juda qiyin o'yin o'tkazishganiga qaramasdan, Ronalduning navbatdagi rekord natijalari yevaziga g'alaba qozondi. Zidan yesa o'z natijalari bilan Karlo Anchelottiga tenglashib oldi. 31 uchrashuvdan beri mag'lubiyatga uchramayotgan «Qirollik klubi» yana uchta uchrashuvda bu natijani saqlab qolsa jamoa tarixidagi yeng yaxshi natijani takrorlagan bo'ladi. Biroq jamoani oldinda «el-klasiko» kutmoqda.

O'zgarmayotgan Mourino

Ikki yildirki Joze Mourinoning natijalari undan kutilgan top-murabbiy natijalariga o'xshamayapti. Albatta bir yil oldingi «Chelsi» natijasidan hozir «MYu» qayd yetgan ko'rsatkichlari yaxshiroq, lekin mana shuning o'zi ham manchesterliklarning so'nggi 27 yillik tarixidagi eng yomon ko'rsatkichi bo'lishi uchun yetarli bo'lyapti. Hattoki Manchesterdagi faoliyati o'ta muvaffaqiyatsiz deb baholanadigan Devid Moyes va Lui van Gaal ham bu darajada yomon start olmagan. Bu hali hammasi yemas. «Vest Hem»ga qarshi uchrashuv bilan qo'shib hisoblaganda Mourino «Old Trafford»da ketma-ket  to'rtinchi uchrashuvda g'alaba qozona olmadi. Bunaqasi oxirgi marta bo'lganida «Vest Hem»ga qarshi maydonga tushganlarning deyarli yarmi hali tug'ilmagan yedi. Fevralda 27 yil to'ladigan natijani Mourino jamoasi ko'rsatgan futboli bilan yana bir marta yodga soldi.

Jozening oldingi faoliyatidan saqlanib qolgan jihatlar ham bor. Masalan u hamon hakamlarga ye'tiroz bildirishda davom yetmoqda, natijada o'yinni tribunadan kuzatishiga to'g'ri kelyapti va navbatdagi jazoga tortilishga yaqin turibdi.

Konte zabt yetgan 9 yillik tarix

«Chelsi» yesa Mourinodan qutulgach, ishlari joyiga tushib ketdi. Antonio Konte boshchiligida jamoa oltita o'yinni «quruq» seriya bilan yutdi, bu safar gol o'tkazib yuborilgan bo'lsada, jamoa printsipial raqiblardan biri «Tottenhem»ning mavsumdagi mag'lubiyatsiz seriyasiga yakun yasashni uddaladi. Bu natija bilan Konte shogirdlari to'qqiz yildan buyon uddalay olmayotgan natijani qayd yetdi va yeng asosiysi «Chelsi» turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Bu yendi mavsum boshida «Liverpul» va «Arsenal»ga yutqazgan jamoa yemasligini Kontening o'zi ham tasdiqlayapti.

«Leyptsig»ning davomli yertagi

Germaniyada ham yettita uchrashuvdan buyon g'alaba qozonayotgan jamoa bor. Lekin bu o'ylaganingizdek «Bavariya» yoki «Borussiya» kabi yetakchi jamoalar yemas, tashkil yetilganiga yendigina 7 yil bo'lgan, bundesliganing debyutant jamoasi «Leyptsig» qayd yetmoqda. O'tgan hafta bundesligada yangi tarix yaratgan Ralf Xazenxyuttl shogirdlari turnir jadvalida peshqadamlik qilishda davom yetishmoqda. Jamoa kuchli beshlik chempionatida mag'lubiyatga uchramagan uchta jamoadan biri bo'lib turibdi. «Bavariya» yesa bu safar juda katta qiyinchiliklar va hakamning bilib-bilmay ko'rsatgan yordami bilan g'alaba qozonib ta'qibchi rolini o'ynashda davom yetmoqda.

«Yuventus» — mashina yemas

Italiyada hozircha «Yuventus»ni «Bavariya»ning holatiga tushirib qo'ya oladigan jamoa yo'q. Lekin hech bo'lmasa, ba'zida turinliklarning ham mashina yemasligini isbotlab turuvchilar topilmoqda. Masalan bu mavsumda faqat Milanda mag'lubiyatlarga uchragan, qolgan barcha raqiblarini birma-bir mag'lub yetib kelayotgan klub nisbatan kuchsizroq jamoaga ham yutqazishi mumkinligi ko'rinib qoldi. Yutqazganda ham uch yildan beri yo'l qo'ymagan xatolarni takrorlab yutqazdi. Diego Simeonening o'g'li bunday tarixiy natijaga o'z dubli bilan hissa qo'shdi. Yendi «Milan» va «Roma» peshqadamdan to'rt ochkoga ortda qolishmoqda. Bugungi A seriya uchun shuning o'zi ham katta gap.

Evropada yetakchi «Monako»

Frantsiyada yesa bu yilgi vaziyatga Germaniyaga o'xshab ketmoqda. «PSJ» yakkapeshqadamlik qilmay qo'yganiga ancha bo'ldi. Orada «Nitstsa» farqni hattoki 6 ochkogacha oshirgandi. Biroq so'nggi turga kelib bu farq 1 ochkogacha qisqardi. Lekin «Nitstsa» amaldagi chempiondan ko'ra, «Monako» ko'proq xavf solmoqda. Yevropa chempionatlarida sermahsullik bo'yicha yetakchilik qilayotgan Jardim shogirdlariga bu borada «Real», «Barselona», «Manchester Siti» yoki «Liverpul» kabi golni sevadigan jamoalar ham raqobat ko'rsata olmayapti. O'z navbatida jamoa qariyb 50 yildan buyon Frantsiya chempionatida kuzatilmagan sermahsullikni namoyish yetib kelmoqda.

Krasnodar trilleri

Rossiya chempionatida ham dramatik uchrashuvlar bo'lib turadi. Lekin kecha «Krasnodar»da kechgan o'yin kabi triller yaqin yillar ichida Rossiya chempionati doirasida kuzatilmagan bo'lsa kerak. 86 daqiqa mobaynida gol kiritilmagan o'yinda, avvaliga Dzyuba mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqdi. Hammasi «Zenit»ning g'alabasiga qarab ketayotgandi, lekin... 90+2 daqiqada avvaliga Marat Izmaylov hisobni tenglashtirdi. Hakam hushtagi chalinishi arafasida yesa Okriashvili krasnodarliklarga g'alaba keltirgan golni, yo'q supergolni kiritdi. Agar sizda yehtiroslarga, asabbuzarliklarga boy o'tgan uchrashuvni jonli ko'rish imkoniyati bo'lmagan bo'lsa, takroran albatta ko'ring. Hech bo'lmasa xavfli vaziyatlarini kuzating. Afsuslanmaysiz.

Uik-endga yana bir qator ye'tiborli vaziyatlar kuzatildi.

Agueroning navbatdagi muvaffaqiyati, «Suonsi» va «Kristal Pelas» o'rtasida kechgan quvlashmachoq o'yinlarni ham shular jumlasiga kiritish mumkin.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: