Foto: Kolumbiyaga qarshi o'yindan oldin. Buning uchun Messi yanada ko'proq hurmatga sazovor

Jahon 16 Noyabr 2016 7260

Argentina terma jamoasining JCh-2018 saralashi doirasida San-Xuan shahrida Kolumbiyani qabul qilgan o'yinidan oldin jamoa avtobusi stadionga kirib kelganida fotomuxbirlar bir vaziyatni ilg'ashdi.

Stadion hovlisida to'planib turgan muxlislarga avtobusdagi faqat bir futbolchi, jamoa sardori Lionel Messi qo'l silkitib, ularga salom yo'lladi.

Amerika Kubogidagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin muxlislar tomonidan keskin tanqid qilingan, natijada, terma jamoadan ketishga qaror qilgan bu futbolchi bugungi kunda Argentina futbolini "elkasida ko'tarib yuribdi".

Statistikaga qaralsa, Argentinaning keyingi 13ta uchrashuvidan 6tasida Lionel Messi ishtirok yetgan va 5 g'alaba hamda 1 mag'lubiyat (Braziliya maydonidagi 0:3) qayd yetilgan. Holbuki, u ishtirok yetmagan 7 uchrashuvda atigi bitta g'alabaga yerishilgandi. Messi terma jamoaning oxirgi 11 golidan 9tasida ishtirok yetdi (4 gol va 5ta pas). U Kolumbiyaga qarshi o'yinda ham jarima zarbasini chiroyli golga aylantirish bilan birga, yana 2ta golga hammualliflik qildi.

1 Kommentariyalar

  1. isroil
    21 Noya 2016

    Zur

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: