Узбек O'zbek
Ispaniya Superkubogi uchun «Real» «Barsa»dan ikki barobar, «Atletiko»dan esa uch barobar ko‘p mukofot puli oladi
Seshanba, 14 Yanvar
6463

Madridning «Real» klubi g‘olibligi bilan yakunlangan Ispaniya Superkubogining moliyaviy taqsimoti ma’lum bo‘ldi. Bu haqda As xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, Saudiya Arabistonida o‘tgan turnir uchun «Real» klubi 12 million yevro mukofot puli oladi. Bundan tashqari, g‘olibga bonus sifatida madridliklarning har bir futbolchisiga 150 ming yevrodan mukofot pullari tarqatiladi.

«Atletiko»ga mag‘lub bo‘lib, musobaqani erta tark etgan bo‘lishiga qaramay, «Barselona» 6 million yevroga boyisa, «Atletiko»ga esa 4 million yevro beriladi. Yarim finalda mag‘lubiyatga uchragan «Valensiya»ga esa 1,7 million nasib qilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Valensiya» mukofot pullarining bir xil taqsimlanmagani uchun Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasiga shikoyat xati bilan e’tiroz bildirgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz