Узбек O'zbek
Gvardiola: «Arteta jamoadan ketish haqida gaplashmoqchi bo‘lsa, ochiq suhbatga kirishamiz»
Dushanba, 16 Dekabr
2913

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yordamchisi Mikel Artetaning jamoadan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

«Arteta – murabbiylar shtabimizning asosiy a’zolaridan biri. Nima bo‘lishini bilmayman. Bu – uning shaxsiy ishi. Agar u «Manchester Siti»dan ketish haqida gaplashmoqchi bo‘lsa, biz ochiq suhbatga kirishamiz. Mikel doim muvaffaqiyatlarimizning bir qismi bo‘lib kelgan. Nima bo‘lishini ko‘ramiz», – deb Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi Metro.

Eslatib o‘tamiz, 37 yoshli Arteta «Arsenal» bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlardan biri bo‘lib turibdi. U faoliyati davomida «to‘pchilar» tarkibida o‘ynagan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz