Узбек O'zbek
«Arsenal» so‘nggi 12 o‘yinda faqat bir marta g‘alaba qozondi
Dushanba, 16 Dekabr
805

APL 17-turi doirasida «Arsenal» muxlislari qarshisida «Manchester Siti» tomonidan yirik hisobda mag‘lub etildi (0:3).

«Kanonirlar» so‘nggi 12 o‘yindan bor yo‘g‘i bittasida g‘alaba qozona olishdi, xolos. 9 dekabr kuni «Arsenal» «Vest Xem»ni (3:1) mag‘lub etgandi.

«Arsenal» APL doirasida «Kristal Pelas» (2:2), «Vulverhempton» (1:1), «Lester» (0:2), «Sauthempton» (2:2), «Norvich» (2:2) va «Brayton» (1:2), Angliya liga kubogida «Liverpul» (5:5, penaltilar bo‘yicha - 4:5), Yevropa ligasida esa «Vitoriya» (1:1), «Ayntraxt» (1:2) va «Standard» (2:2) bilan o‘yinlar o‘tkazgan edi.

Premer-liga doirasidagi navbatdagi turda «Arsenal» 21 dekabr kuni safarda «Everton» mehmoni bo‘ladi. Liverpulliklar o‘tgan ikki o‘yinda «Chelsi» va «MYU»dan ochko olishdi.

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz