Узбек O'zbek
Kante «Chelsi»ni tark etmoqchi
Yakshanba, 15 Dekabr
8213

«Chelsi» klubi yarimhimoyachisi Ngolo Kante klubini o‘zgartirishni rejalashtirgan. 

«El Desmarque»ning xabariga ko‘ra, Fransiya milliy jamoasi futbolchisi ushbu mavsum yakunlangach, London klubidan Madridning «Real» klubiga o‘tmoqchi.

Kante «Chelsi» sharafini 2016 yilning iyul oyidan buyon himoya qilib kelmoqda. 28 yoshli yarimhimoyachining londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar belgilangan. 

Ushbu mavsumda Ngolo Premer-liga doirasida 10ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta golga mualliflik qildi. Chempionlar ligasida esa uchta o‘yinda to‘p surgan.

Ma’lumot uchun, Angliya Premer-ligasi 17-turidan keyin «Chelsi» 9 g‘alaba, 2 durang, 6 mag‘lubiyat bilan 29 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz