Узбек O'zbek
A Seriya. Gattuzoning debyuti omadsiz bo‘ldi – «Napoli» o‘z uyida mag‘lubiyatga uchradi
Yakshanba, 15 Dekabr
1415

A Seriyaning 16-turida «Napoli» o‘z uyida «Parma»ni qabul qildi va 93-daqiqada gol o‘tkazib yuborib, alamli mag‘lubiyatga uchradi. E’tiborlisi, bu bahs Jennaro Gattuzo uchun Neapol klubi boshqaruvidagi debyut o‘yin edi.

Bu mag‘lubiyatdan so‘ng «Napoli» 21 ochko bilan 8-o‘ringa tushib ketdi, «Parma» esa ochkolarini 24taga yetkazib, 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

A Seriya, 16-tur

Napoli – Parma 1:2
Gollar: Milik (64) – Kulusevski (4), Jervino (90+3).
Napoli: Meret, Di Lorenso, Kulibali (Luperto, 5), Mariu Ruy, Manolas, Fabian Ruis, Zelinski, Kalexon, Allan (Mertens, 63), Insine (Losano, 79), Milik. 
Parma: Sepe, Darmian, Brunu Alvesh, Galolo, Yakoponi, Brugman, Ernani, Kulusevski, Barilla (Grassi, 66), Jervino, Kornelius (Sprokati 17, Petsseli 78).
Ogohlantirishlar: Jervino (9). Galolo (63), Mertens (79), Milik (81).

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz