Узбек O'zbek
«Roma» Smollingni «MYU»dan sotib olmoqchi
Shanba, 14 Dekabr
1516

«Roma» direktori Morgan De Sanktis klub Kris Smollingning transferi borasida «Manchester Yunayted» bilan kelishuvga erishmoqchiligini tasdiqladi, deya yozadi «Sky Sports».

«Roma» safida ijara asosida to‘p surayotgan Kris Smolling A Seriyada mavsumni yuqori darajada o‘tkazmoqda. Shu bois Rim klubi ingliz futbolchisini o‘z safida uzoqroq muddatga olib qolmoqchi. 

«Roma» ham «Yunayted» singari Yevropa ligasi pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi va bu klublar endi 1/16 finalda uchrashishlari mumkin.

«Sky Sports»ga bergan intervyusida De Sanktis klub Smollingning faoliyatidan qoniqayotganligini va ijaradagi futbolchini o‘z safida olib qolmoqchiligini ma’lum qildi.

«Biz hech qayerga shoshayotganimiz yo‘q, tomonlarni to‘liq qanoatlantiradigan to‘g‘ri qaror ustida ishlayapmiz. Qolaversa, biz «Roma»da baxtli ekanligini takrorlayotgan Smollingga ishonamiz» - deydi Italiya klubi direktori.

Ma’lumot o‘rnida, Smolling «Roma» safida ushbu mavsumning 14 o‘yinida maydonga tushib, 2ta golga mualliflik qildi. Ammo yaqinda olgan jarohati sababli yanvargacha safdan chiqdi.

Krisning o‘zi esa kelajagi haqida gapirishni istamayapti. U «Roma»dagi faoliyatidan xursand ekanligini tasdiqlagan bo‘lsa-da, «MYU» bilan shartnomasi yakunlanishiga 2,5 yil vaqt borligi sabab, klubi uni «Roma»ga to‘liq qo‘yib yuborishiga ishonmayapti.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz