Узбек O'zbek
La Liga prezidenti Superliga g‘oyasini tanqid qildi
Shanba, 14 Dekabr
2244

La Liga rahbari Xaver Tebas «Real» prezidenti Florentino Peresning Superliga tuzish haqidagi taklifini tanqid qildi.

«Kim bu g‘oyani kelajagi bor deb hisoblasa, futbol industriyasi va televizion bozorni umuman tushunmasligini namoyish qiladi.

Agar fondlar vaqt va pulni behuda sarflamoqchi bo‘lsalar, marhamat shu g‘oyaga ishonaversinlar», - deb yozdi Tebas «Tvitter»da.

Peres taklifiga ko‘ra, Superliga deb nomlanadigan musobaqa yil bo‘yi o‘tkaziladi. Uning vakillari o‘z milliy chempionatida ishtirok etmaydi. Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya va Fransiyadan tanlab olingan 40ta jamoa 2ta ligaga ajratiladi. Ligalar orasida jamoalar almashinuvi bo‘ladi. Eng asosiysi – ishtirokchilarning daromadi 2 barobar oshadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz