Узбек O'zbek
«Bavariya» prezidenti: «2022 yilda Chempionlar Ligasida g‘olib chiqamiz»
Shanba, 14 Dekabr
2206

«Bavariya» prezidenti Gerbert Xayner «Real» xo‘jayini Florentino Peres tomonidan taklif qilingan Superliga g‘oyasi haqidagi fikrlarini aytdi.

«Biz Bundesliga tarafdorimiz. Superliga bizga umuman kerak emas. Albatta «Bavariya» xalqaro maydonda zafar quchishni istaydi, ammo buning uchun Chempionlar Ligasi bor. Bu tarixan o‘zini oqlagan musobaqa. 

Chempionlar Ligasida qachon g‘alaba qozonamiz? 2022 yilda final Myunxenda o‘tkaziladi. Shu vaqtdan kechikmaymiz», - deb Xayner so‘zlarini keltirmoqda Süddeutschen Zeitung.

Avvalroq, Peres Superliga deb nomlanadigan va yil bo‘yi o‘tkaziladigan musobaqani taklif qilgan edi. Unda Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya va Fransiyadan tanlab olingan 40ta jamoa 2ta ligaga ajratiladi. Ligalar orasida jamoalar almashinuvi bo‘ladi. Eng asosiysi – ishtirokchilarning daromadi 2 barobar oshishi ko‘zda tutilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz