Узбек O'zbek
«Barselona» futbolchisi noprofessionallik qilib, jarohatini og‘irlashtirdi
Shanba, 14 Dekabr
7850

«Barselona» yarimhimoyachisi Artur jarohatdan tiklanib olish jarayoniga noprofessionallarcha yondashib, pand yedi.

Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchi chov jarohati tufayli 2 oydan beri davolanmoqda.

AS xabariga ko‘ra, 23 yoshli Artur safga qaytishga yaqin edi, ammo qorda snoubordda uchishga qaror qilgan. Natijada uning jarohati og‘irlashib, maydonga qaytish muddati uzaygan.

Bu mavsumda futbolchi «Barselona» tarkibida barcha musobaqalarda 12ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va 4ta golga hammualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz