Узбек O'zbek
«Atletiko» Saulning transfer narxini pasaytiradi
Shanba, 14 Dekabr
2497

Madridning «Atletiko» klubi jamoa yarim himoyachisi Saulni qo‘yib yuborishga tayyor, deya xabar bermoqda «The Telegraph».

Ispaniyalik 25 yoshli futbolchining tovon puli shartnomasida 125 milllion funt sifatida belgilab qo‘yilgan bo‘lsa-da, Saul Niges «Atletiko»ni tark etishni istasa, klub uning transfer narxini 85 milliongacha pasaytirishi mumkin.

Saulga «Manchester Yunayted» anchadan buyon qiziqish bildirmoqda. Oldinroq, inglizlar futbolchini mavsum yakunida o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘zlayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, «Chelsi» ham Saul bilan vaziyatni kuzatib bormoqda.

Ma’lumot uchun, «Atletiko»ning 25 yoshli xavbeki joriy mavsumda La Ligada 15 o‘yinda maydonga tushdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz