Узбек O'zbek
APL. «Lester» o‘z maydonida autsayderni yenga olmadi
Shanba, 14 Dekabr
2504

Angliya Premer-Ligasida 17-tur o‘yinlari davom ettirildi. O‘z maydonida autsayder «Norvich»ni qabul qilgan «Lester» 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

26-daqiqada Teemu Pukki hisobni ochgan bo‘lsa, 38-daqiqada Jeymi Vardi farqni tikladi. Hujumchining zarbasi Krulga tegib darvozadan joy oldi.

Bu durangdan so‘ng «Lester» chempionat yetakchisi «Liverpul»dan 10 ochko ortda qola boshladi. Vardi va sheriklari 49 ochko bilan 2-o‘ringa joylashgan. «Norvich» esa ochkolari sonini 12 taga yetkazib, hamon 19-o‘rinda qolmoqda.

APL. 17-tur
LESTER – NORVICH 1:1
Gollar: Krul (38, avtogol) – Pukki (26).

Lester: Shmeyxel, Evans, Rikardu Pereyra, Chiluell, Seyundjyu, Prat (Barns, 46), Meddison, Tilemans, Ndidi, Ixeanacho (Grey, 39), Vardi.
Norvich: Krul, Godfri, Simmermann, Aarons, Bayrem, Tribull (Shtipermann, 86), Kentuell (Ernandes, 85), Tetti, Maklin, Buendia (Vranchich, 90), Pukki.
Ogohlantirishlar: Kentuell (33), Tribull (52), Buendia (60), Tetti (78), Krul (90).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz