Узбек O'zbek
Habib va Fergyuson o‘rtasidagi jang rasman tasdiqlandi
Shanba, 14 Dekabr
17558

UFC chempioni Habib Nurmagomedov navbatdagi jangini Toni Fergyusonga qarshi o‘tkazishi rasman e’lon qilindi.

Ushbu jang 2020 yilning 18 aprel kuni Nyu-Yorkda UFC 249 turniri doirasida tashkil etiladi. Yengil vazndagi UFC chempioni Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson UFC doirasida 12 o‘yindan iborat g‘alabali seriya qayd etishgan. Habib so‘nggi janglarida muddatdan avval Konor Makgregor va Dastin Poreni mag‘lub etgan bo‘lsa, Fergyuson Entoni Pettis va Donalda Serroneni taslim qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, bu Habib va Fergyuson o‘rtasidagi jangni tashkil etish bo‘yicha beshinchi urinishdir. 2015 yil dekabr oyida ushbu jang Habibning jarohati sabab qoldirilgan bo‘lsa, 2016 yilda Toni jarohatga yo‘liqdi. 2017 yilda jang Nurmagomedovning vazni tufayli qoldirilgan bo‘lsa, 2018 yil aprel oyida esa Fergyusonning tizzasi hochsimon payidan olgan jarohati bois, jang o‘tkazilmagandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz