Узбек O'zbek
Rummenigge: «Koutino borasida qaror qabul qilish uchun vaqt kerak»
Juma, 13 Dekabr
2328

«Bavariya» bosh direktori Karl-Xayns Rummenigge yozda «Barselona»dan ijaraga olingan yarimhimoyachi Filippe Koutino haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Koutinoning shartnomasida sotib olish haqidagi band bor, uni mavsum oxirigacha faollashtirishimiz mumkin. Qaror qabul qilish uchun vaqt kerak. Koutino – ajoyib o‘yinchi, ammo u nemis futboliga ko‘nikishi kerak. Hozircha sabr qilamiz», – deb Rummeniggening so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Koutino bu mavsumda Bundesligada 12ta o‘yin o‘tkazib, 3ta gol urdi va 3ta golga assistentlik qildi.

Ma’lumot uchun, Koutinoning ijara muddati tugagach, «Bavariya» uni «Barselona»dan 120 mln yevroga sotib olishi mumkin.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz