Узбек O'zbek
«Paxtakor» va OKMK yana finalda o‘ynaydi
Juma, 13 Dekabr
3154

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining pley-off bosqichi yarimfinal o‘yinlari yakunlandi.

Toshkentning «Paxtakor» klubi Qarshining «Nasaf» klubi bilan bellashdi va 2 marta g‘alaba qozonib, finalga chiqdi. Xuddi shunday natijani OKMK klubi «Navbahor»ga qarshi o‘yinlarda qayd etdi.

Endi «Paxtakor» va OKMK futzalchilari chempionatning oltin medallari uchun kurashishadi. Qayd qilish joizki, bu mavsumda katta futbolda ham jamoalar ikki marta finalda duch kelishgan va O‘zbekiston Kubogi bilan Liga Kubogida «Paxtakor» raqibini mag‘lub etgan edi.

Futzal. O‘zbekiston chempionati
1/2 final
11 dekabr
«Nasaf» - «Paxtakor» 2:5 
OKMK - «Navbahor» 6:0

12 dekabr
«Paxtakor» - «Nasaf» 6:3 
«Navbahor» - OKMK 3:6

Final
15-19 dekabr
«Paxtakor» - OKMK

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz