Узбек O'zbek
«Nasaf» «Mash’al»ga tegishli bo‘lgan Murtazoyev va Abduraimovni o‘z safida saqlab qolmoqchi
Juma, 13 Dekabr
1883

Mavsum boshida «Mash’al»dan «Nasaf»ga ijaraga berilgan hujumchi Humoyun Murtazoyev va Sardor Abduraimov Superligadagi o‘yinlari bilan muxlislarda iliq taassurot qoldirishdi.

Sardor Abduraimov 26 turdan 25tasida maydonga tushgan bo‘lsa, Humoyun Murtazoyev barcha 26 o‘yinda ham maydonga tushib, 14 goli bilan to‘purarlar safiga ham qo‘shildi.

Ijara shartnomasi muddati yil oxirida yakunlanishi bois, ushbu ikki futbolchi «Nasaf»dan yana Muborakka qaytishlari lozim. Sababi, Pro-ligadan 2020 yilgi Superliga bahslariga yo‘llanma olgan «Mash’al» klubi yangi mavsumda bu futbolchilarni o‘z safida o‘ynatmoqchi.

Tribuna.uz manbalariga ko‘ra, Qarshi klubi Humoyun Murtazoyev va Sardor Abduraimovni kelasi mavsumda ham o‘z safida olib qolmoqchi. Futbolchilar ham «Nasaf»da qolishga qarshi emas. Ammo, Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi yangi mavsum ham bu futbolchilarni o‘z safida ko‘rishni istasa, «Mash’al»ga ikki futbolchi uchun ham transfer puli to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

«Nasaf»da qolishi yoki «Mash’al»ga qaytishi borasida Humoyun Murtazoyevning o‘ziga murojaat qilganimizda, futbolchi yil oxirigacha «Nasaf»ga tegishli ekanligini, keyingi yilda qayerda to‘p surishini esa, vaqt ko‘rsatishini ma’lum qildi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz