Узбек O'zbek
«Inter» «Barselona» o‘yinchisini ijaraga olmoqchi
Juma, 13 Dekabr
3499

«Barselona» yarimhimoyachisi Arturo Vidal «Inter»ga o‘tishga yaqin, deb xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.

Manbaning xabariga ko‘ra, 32 yoshli chililik futbolchining agenti Fernando Felichevich «Inter» klubi rahbariyati bilan ehtimoliy transferni muhokama qilish uchun Milanga kelgan.

Milan klubi Vidalni ijaraga olmoqchi, kataloniyaliklar esa yarimhimoyachini sotishmoqchi.

Yangi yilgacha Felichevich «Barselona» rahbariyati bilan ham muzokaralar o‘tkazishi kerak. 

Avvalroq, ispan klubi futbolchining transferini 15 mln yevroga baholayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz