Узбек O'zbek
«El-Klasiko»ni o‘zbekistonlik muxlislar uchun rossiyalik sharhlovchilar ham sharhlaydi
Juma, 13 Dekabr
4519

Ispaniya La Ligasi doirasidagi 10-turning qoldirilgan uchrashuvi «Barselona» - «Real» bahsini «UzReport TV» va «Futbol TV» telekanallari jonli efirda namoyish qiladi. Bu haqda telekanal sharhlovchisi Diyor Imomxo‘jayev xabar qildi.

 «El-Klasiko»ni o‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun rossiyalik mashhur sharhlovchilar - Konstantin Genich hamda Georgiy Cherdansev sharhlaydi» - deya yozadi sharhlovchi telegramdagi kanalida.

 Paralell ravishda «El-Klasiko»ning o‘zbek tilidagi sharhini taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov va Hasan Turdaliyevlar olib borishadi.

 Eslatib o‘tamiz, «Barselona» - «Real» uchrashuvi 18 dekabr, chorshanba kuni soat 23:59da «Kamp Nou» o‘yingohida boshlanadi. 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz