Узбек O'zbek
Pochettino uchun kurashga yana bir klub qo‘shildi
Payshanba, 12 Dekabr
10910

«Tottenhem» klubining sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino yaqin orada yana ishga qaytishi mumkin. 

The Telegraph xabariga ko‘ra, argentinalik mutaxassisning xizmatiga «Borussiya Dortmund» klubi qiziqish bildirmoqda.

«Qovog‘arilar»ning hozirgi ustozi Lyusen Favr qoniqarsiz natijalar tufayli iste’foga chiqarilishi mumkin. Agar bu hodisa yuz bersa, Pochettino bosh murabbiy qilib tayinlanishi mumkin.

Avvalroq Maurisio bilan «Manchester Yunayted», «Arsenal», «Bavariya» va «Everton» klubi shartnoma imzolamoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz