Узбек O'zbek
Bugun OCHL-2020ga qur’a tashlanadi: Klublarimiz pley-off bosqichida qaysi jamoalarga qarshi maydonga tushishadi?
Seshanba, 10 Dekabr
5157

Bugun, 10 dekabr kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdagi OFK shtab-kvartirasida klublar o‘rtasidagi qit’aning eng nufuzli turniri sanalmish Osiyo chempionlar ligasi 2020 yilgi mavsumi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi.

 Yangi mavsumda ham OCHL turnirida mamlakatimizning uchta jamoasi ishtirok etadi. O‘zbekiston chempioni «Paxtakor» musobaqani guruh bosqichidan boshlasa, Superliga sovrindorlari «Lokomotiv» va «Bunyodkor» pley-off saralash bosqichidan boshlaydi.

 Hozirga kelib, guruh bosqichiga yo‘llanma olgan 24 klubning nomi ma’lum. Pley-off bahslaridan keyin navbatdagi 8 jamoa – g‘arb va sharq mintaqasining 4tadan klublari guruhlardan joy olishadi.

 O‘zbekiston vitse-chempioni sifatida «Lokomotiv» 2-saralash pley-off bosqichida Toshkentda Tojikiston chempioni Dushanbening «Istiqlol» klubiga qarshi maydonga tushadi. Juftlik g‘olibi yakuniy pley-off bosqichida Saudiya Arabistonida «Al-Ahli»ga qarshi maydonga tushib, g‘olib guruh bosqichiga yo‘llanma oladi. «Temiryo‘lchilar» yo‘llanma olgan taqdirida «A» guruhidan joy oladi. 

 «Bunyodkor» esa dastlabki saralash bosqichida Toshkentda Iroqning «Al-Zavra» jamoasiga qarshi maydonga tushib, juftlik g‘olibi BAAda «Al-Ayn»ga qarshi saf tortadi va g‘olib guruh bosqichi ishtirokchisiga aylanadi. «Qaldirg‘ochlar» saralashdan o‘tgan taqdirida, «D» guruhidan o‘rin oladi.

 OCHL. Dastlabki saralash bosqichi.

G‘arb mintaqasi. 14 yanvar (seshanba)

1. «Chennai Siti» (Hindiston) – «Al-Riffa» (Bahrayn)

2. «Al-Faysali» (Iordaniya) – «Al-Kuvayt» (Kuvayt)

 Ikkinchi saralash bosqichi

21 yanvar (seshanba)

1. «Bunyodkor» (O‘zbekiston) – «Al-Zavra» (Iroq)

2. «Lokomotiv» (O‘zbekiston) – «Istiqlol» (Tojikiston)

3. «Shahre Xodro» (Eron) - birinchi saralash bosqichi 1-g‘olibi

4. «Istiqlol» (Eron) - birinchi saralash bosqichi 2-g‘olibi

Pley-off bosqichi. 28 yanvar (seshanba)

1. «Al-Ayn» (BAA) - ikkinchi saralash bosqichi 1-g‘olibi

2. «Al-Ahli» (Saudiya Arabistoni) - ikkinchi saralash bosqichi 2-g‘olibi

3. «As-Sayliya» (Qatar) - ikkinchi saralash bosqichi 3-g‘olibi

4. «Ar-Rayan» (Qatar) - ikkinchi saralash bosqichi 4-g‘olibi.

 Ma’lumot uchun, qur’a marosimi bugun Toshkent vaqti bilan soat 13:30da boshlanadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz