Узбек O'zbek
«Real» Pogba bo‘yicha yangi taklif tayyorladi
Dushanba, 09 Dekabr
7978

«Real» klubi «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Pol Pogbani qo‘lga kiritish fikridan qaytmayapti.

El Desmarque xabariga ko‘ra, madriliklar fransiyalik futbolchining transferi bo‘yicha yangi taklifni tayyorlagan.

Bu safar «Real» 85 million yevro va Garet Beylni taklif qilmoqda. Agar bu yetarli bo‘lmasa, Xames Rodrigesni ham qo‘shib bermoqchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Real» 85 mln yevro bilan Xames Rodriges va Mariano Diasni taklif qilib, rad javobini olgan edi.

Bu mavsumda Pogba APL doirasida 5ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta golga hammualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz