Узбек O'zbek
«Lill» rahbari Shomurodovning o‘yinini kuzatdi
Dushanba, 09 Dekabr
15528

Fransiyaning «Lill» klubi «Rostov»ning ikki futbolchisi xizmatiga qiziqish bildirmoqda.

«Sport-Ekspress» xabariga ko‘ra, «Lill»ning sport direktori Luish Kampush Rossiya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan «Spartak»ga qarshi o‘yinda hujumchi Eldor Shomurodov va yarimhimoyachi Matias Normanni kuzatgan. 

Bundan avvalroq «Lion» klubi vakili Eldor Shomurodovning o‘yinini kuzatgani haqida xabar tarqalgandi.

Noyabr oyida moliyaviy muammolar tufayli «Rostov» yetakchilari yanvarda jamoani tark etishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 24 yoshli Shomurodov «Rostov» tarkibida barcha musobaqalarda 21ta o‘yinda maydonga tushib, 10ta gol urgan va 6ta golga hammualliflik qilgan. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 2,5 mln yevroga baholayapti.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz