Узбек O'zbek
Sulsher: «MYU» 3-4ta gol farqi bilan yutishi kerak edi»
Yakshanba, 08 Dekabr
3960

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher APL 16-turi doirasidagi «Manchester Siti»ga qarshi g‘alabali o‘yindan (2:1) keyin fikrlarini bildirdi.
 
«Bu bahs yodda qolarli bo‘ldi. Biz ehtimol jahonning eng kuchli klubiga qarshi to‘pga egalik qilib, oldinga o‘tganimizda ancha xavfli ko‘rindik.

«Manchester Siti» – ajoyib jamoa, ularga qarshi shuncha vaziyat yaratib, foydalanmaslik... Biz 3-4ta gol farqi bilan yutishimiz kerak edi, ammo raqib darvozaboni ham yaxshi harakat qilganligini ham aytish lozim. Ulardan to‘pni olib qo‘yish qiyin. Biz tezkorligimiz evaziga ancha xavfli ko‘rindik», – deydi Sulsher.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» ushbu g‘alabadan keyin 24 ochko jamg‘arib, APL turnir jadvalida 5-o‘ringa chiqib oldi.

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz