Узбек O'zbek
La Liga. «Valensiya» gollarga boy o‘tgan derbida kambek qildi
Yakshanba, 08 Dekabr
1371

Ispaniya La Ligasining 16-turidan o‘rin olgan Valensiya derbisi gollarga boy bo‘ldi. Ikkita to‘p farqi bilan ortda qolayotgan «Valensiya» «Levante» darvozasiga to‘rtta gol urib, kambek qilishga erishdi.

G‘alabadan so‘ng «Valensiya» ochkolarini 26taga yetkazib, 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Levante» esa 20 ochko bilan 11-o‘ringa tushib ketdi.

La Liga, 16-tur

Levante – Valensiya 2:4

7 dekabr, «Syudad de Valensiya»
Gollar: Marti (11, 20 penalti) – Marti (45, avtogol), Gameyro (57, 59), Ferran Torres (88).
Levante: Fernandes, Koke (Gonsalo, 78), Falkon, Klerk, Miramon, Radoya, Bardi, Kampanya, Rochina (Vukchevich, 70), Roxer Marti, Morales (Mayoral, 70). 
Valensiya: Sillessen (Domenek, 27), Kosta, Gabriel Paulista, Garay, Vass, Parexo, Ferran Torres, Koklen (Diakabi, 84), Soler, Rodrigo, Gameyro (Maksi Gomes, 79).
Ogohlantirishlar: Koke (7), Morales (8), Rochina (24), Koklen (31), Falkon (44), Ferran Torres (86).
Chetlatish: Falkon (74).

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz