Узбек O'zbek
Fransiya chempionati. «PSJ»ning yangi uchligi 7 daqiqada kambek qildi
Yakshanba, 08 Dekabr
2269

Fransiya chempionatida 17-tur o‘yinlari davom ettirildi. Chempionat yetakchisi «PSJ» mehmonda «Monpele»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Parijliklar 74-daqiqagacha hisobda ortda qolayotgandi, keyinchalik Neymar, Mbappe va Ikardi bittadan gol urib «PSJ»ga g‘alaba keltirdi. Bu g‘alabadan so‘ng «PSJ»ning ochkolari soni 39 taga yetdi va jamoa yetakchilikni saqlab qoldi.

Monpele – PSJ 1:3

Gollar: Paredes (41, avtogol) – Neymar (74), Mbappe (76), Ikardi (81).
Monpele: Ruli, Suke, Pedru Mendesh, Kongre, Oyongo, Savane (Molle, 67), Le Tallek, Shotar, Ilton, Delor, Labord (Sambiya, 77).
PSJ: Navas, Mene, Tiago Silva, Kimpembe (Diallo, 18), Bernat, Guye (Kuassi, 25), Sarabiya, Paredes, Mbappe (Shupo-Moting, 90), Ikardi, Neymar.
Chetlatish: Pedru Mendesh (72).

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz