Узбек O'zbek
Yevropa terma jamoasi: Krishtianu va «Yuventus»siz
Yakshanba, 08 Dekabr
10900

Yevropa sport nashrlari assotsiatsiyasi (ESM) qit’adagi milliy chempionatlar bo‘yicha noyabr oyining ramziy terma jamoasini tuzdi.

An’anaviy ravishda La Gazzetta dello Sport (Italiya), A Bola (Portugaliya), Marca (Ispaniya), De Telegraaf (Niderlandiya), Kicker (Germaniya), World Soccer (Angliya), Frankfurter Allgemeine (Germaniya), Tipsbladet (Daniya), ELF Voetbal (Niderlandiya), Fanatik (Turkiya), Nemzeti Sport (Vengriya), Sport Voetbal Magazine (Belgiya) nashrlari va Rossiyaning «Sport-Ekspress» nashri ESM so‘rovnomasida ishtirok etgan.

Barchadan ko‘p ovozni Lionel Messi, Virgil van Deyk va Robert Levandovski qo‘lga kiritgan.

Noyabr oyi ramziy terma jamoasidan quyidagi futbolchilar o‘rin olgan (4-3-3): Shmayxel («Lester», 3 ovoz); Ore («Tottenhem», 3), van Deyk («Liverpul», 11), Chag‘lar Suyunchi («Lester», 3), Robertson («Liverpul», 4); Ziyosh («Ayaks», 4), Kroos («Real», 4), Valverde («Real», 4); Messi («Barselona», 12), Levandovski («Bavariya», 10), Vardi («Lester», 3).

Bundan tashqari quyidagi futbolchilar ESM talqini bo‘yicha ramziy terma jamoadan o‘rin olish uchun da’vogarlik qilishgandi:

Darvozabonlar: Kurtua («Real»), Alisson («Liverpul»), Xradetski («Bayer»), Onana («Ayaks»), Vatslik («Sevilya»), ter Shtegen («Barselona»), Xandanovich («Inter»);

Himoyachilar: Kimmix, Deyvis, Alaba, Pavar (barchasi — «Bavariya»), Bonuchchi, de Ligt (ikkisi — «Yuventus»), Shkrinyar, de Fray (ikkisi — «Inter»), Atal («Nitssa»), Aleksandr-Arnold, Lovren (ikkisi — «Liverpul»), Aspilikueta («Chelsi»), Serxio Ramos, Marselo (ikkisi — «Real»), S.Bender («Bayer»), Upamekano («Leypsig»), Alvares («Atletik»), Xakimi («Borussiya» D), Pike («Barselona»), Kulibali («Napoli»);

Yarimhimoyachilar: Buskets («Barselona»), Tilemans, Ndidi (ikkisi — «Lester»), Maunt («Chelsi»), Verratti («PSJ»), Zakariya, Hofmann (ikkisi — «Borussiya» M), Brunu Fernandesh («Sporting» L), van de Bek, Promes (ikkisi — «Ayaks»), Zabitser, Forsberg (ikkisi — «Leypsig»), Fernandinyu («Manchester Siti»), Alli («Tottenhem»), Veynaldum («Liverpul»), Sancho («Borussiya» D);

Hujumchilar: Di Mariya («PSJ»), Immobile («Latsio»), Lukaku, Lautaro Martines (ikkisi — «Inter»), Verner («Leypsig»), Dibala («Yuventus»), Mane («Liverpul»).

Teglar
ESM

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz