Узбек O'zbek
A Seriya. «Napoli» yana g‘alaba qozona olmadi
Yakshanba, 08 Dekabr
729

Italiya A Seriyasining 15-turida «Napoli» safarda «Udineze»ga qarshi bahs yuritib, murosa yo‘lini tanladi. Shu tariqa neapolliklarning chempionatdagi g‘alabasiz seriyasi 7ta o‘yinga yetdi.

Durangdan so‘ng «Napoli» ochkolarini 21taga yetkazib, 7-o‘rinni egallab turibdi. «Udineze» esa 15 ochko bilan 14-o‘ringa joylashgan.

A Seriya, 15-tur
Udineze – Napoli 1:1
7 dekabr, «Friuli»
Gollar: Lazanya (32) – Zelinski (69).
Udineze: Musso, ter Avest (Pussetto, 74), Nyuytink, De Mayo, Larsen, Mandragora, de Paul (Barak, 84), Fofana, Trost-Ekong, Lazanya (Rodrigo Bekao, 90), Okaka Chuka. 
Napoli: Meret, Manolas, Kulibali, Mariu Ruy, Di Lorenso, Insine (Lorente, 46), Zelinski, Kalexon, Fabian Ruis, Losano (Yunes, 62), Mertens.
Ogohlantirishlar: de Paul (34), Mertens (35), Kalexon (36), Fofana (60), Maksimovich (79), Okaka Chuka (82), Mariu Ruy (90+1).
Chetlatish: Maksimovich (79).

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz