Узбек O'zbek
«Uotford»ning yangi bosh murabbiyi ma’lum
Shanba, 07 Dekabr
3555

Nayjel Pirson «Uotford» bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma’lum qildi.

Mutaxassis bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolandi. 56 yoshli murabbiy kelgusi haftadan o‘z vazifasini bajarishga kirishadi.

Pirson asosan «Lester» klubidagi faoliyati bilan tanilgan. U 2008-2010 va 2011-2015 yillarda «tulkilar» bosh murabbiyi bo‘lgan.

«Uotford» Angliya chempionatidagi 15ta turdan so‘ng atigi 8 ochko to‘plagan holda so‘nggi o‘rinda bormoqda. Klub bu mavsumning o‘zidayoq ikki marta bosh murabbiylarni iste’foga chiqardi – Xavi Grasiya va Kike Flores.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz