Узбек O'zbek
Mourino Matichni «Tottenhem»da ko‘rmoqchi
Shanba, 07 Dekabr
2612

«Manchester Yunayted»da asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan Nemanya Matich yanvardagi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin, deya xabar bermoqda «Bleacher Report».

«Serbiyalik yarim himoyachiga Italiyaning «Inter» klubi jiddiy qiziqish bildirayotgan edi, hozirga kelib da’vogar klublar soni oshdi. Matich uchun kurashga «Tottenhem» ham qo‘shilgan. Joze Mourino sobiq shogirdini o‘z klubida ko‘rmoqchi» - deyiladi manbada.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Manchester Yunayted» 31 yoshli futbolchisini asosiy raqobatchilaridan biriga qo‘yib yuborishga qarshi emas. Manchesterliklar rahbariyati serbiyalik futbolchini 15 million funt sterling evaziga London klubiga qo‘yib yuborishga tayyor.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz