Узбек O'zbek
Karlos Teves: «Messi Krishtianu kabi mashg‘ulotdan bir soat oldin sportzalga kelishi shart emas edi» 
Shanba, 07 Dekabr
8867

«Boka Xuniors» hujumchisi Karlos Teves Krishtianu Ronaldu va Lionel Messini taqqosladi.

«Messi Krishtianu kabi mashg‘ulotdan bir soat oldin sportzalga kelishi shart emas edi. Krishtianu raqiblardan qanday qochishni o‘rgandi, Messi faqat jarimalar tepish bo‘yicha mashq qilardi. Leo hech qachon ikki yoki uchta raqibdan qanday uzoqlashishni mashq qilmagan, bu unda tug‘ma edi.

Krishtianu o‘zi bo‘lish uchun ko‘p harakat qildi. Albatta, Messi ham. Ammo Messining qilayotgan ishi hattoki professional futbolchilarni hayratda qoldiradi», – deb Tevesning so‘zlarini keltiradi ESPN.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz