Узбек O'zbek
Gvardiola: «Manchester Yunayted»ning chempionlik uchun kurashmayotganidan hayratdaman»
Shanba, 07 Dekabr
5064

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men kelganimdan so‘ng, «Siti» «Yunayted»dan yaxshiroq jamoaga aylandi. Mavsum oxiridagi ochkolarimiz shunga dalolat bermoqda.

O‘z navbatida «Manchester Yunayted»ning chempionlik uchun kurashmayotganidan hayratdaman. Ammo derbida har narsa yuz berishi mumkin. Bu yerga natijalar yoki jamoalar orasidagi masofani muhokama qilish uchun kelmadik», — deb Gvardiola so‘zlarini keltirmoqda Goal.

«Manchester Siti» - «Manchester Yunayted» o‘yini 7 dekabr kuni soat 22:30da boshlanadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz