Узбек O'zbek
«Ayaks»ning 2 yillik mag‘lubiyatsiz seriyasiga barham berildi
Shanba, 07 Dekabr
8339

«Ayaks» Niderlandiya chempionatining navbatdagi turida, o‘z maydonida «Villem II» klubiga 0:2 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Natijada, amsterdamliklarning o‘z stadionidagi 36ta o‘yindan iborat 2 yillik mag‘lubiyatsiz seriyasiga barham berildi, deb yozadi Squawka.

Safar o‘yinlariga keladigan bo‘lsak, «Ayaks» so‘nggi bor mart oyining o‘rtalarida «AZ Alkmaar» klubiga yutqazgan edi.

Niderlandiya chempionatining 16 turidan so‘ng, «Ayaks» 41 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinni egallab turgan «AZ Alkmaar» 1ta kam o‘yin o‘tkazib, 35 ochko to‘plagan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz