Узбек O'zbek
Yungberg: «O‘ynashni xohlamadik. O‘yinni bunday boshlash mumkin emas»
Juma, 06 Dekabr
2194

«Arsenal»ning vaqtinchalik bosh murabbiyi Fredrik Yungberg APLning 15-turidan o‘rin olgan «Brayton»ga qarshi o‘yindan so‘ng (1:2) o‘z fikrlaini bildirdi.

«Qiyin o‘yin bo‘ldi. Birinchi bo‘limda ishlamadik, o‘ynashni xohlamadik. O‘yinni bunday boshlash mumkin emas.

Ikkinchi taym oldidan biz ko‘proq gaplashdik va yaxshiroq boshladik, ammo qarshi hujumni o‘tkazib yubordik. Bizda ishonch yo‘q edi.

Raqibga uydagi 45 daqiqani berdik. Men bu borada ishlashim va yigitlarning ishonchini tiklashim kerak. Biz qiyin ahvolga tushib qoldik – ko‘p o‘yinlarda g‘alaba qozona olmadik va o‘zimizga bo‘lgan ishonch pasayib ketdi. O‘yinni tashabbussiz boshladik. Men yigitlarni tajovuzkor o‘ynashga majbur qilishim kerak», – deb Yungbergning so‘zlarini keltiradi BBC.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz