Узбек O'zbek
Rojers «Arsenal»da ishlamaydi, u yangi shartnomani imzoladi
Juma, 06 Dekabr
1887

«Lester» bosh murabbiyi Brendan Rojers 2025 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnomani imzoladi. Bu haqda «tulkilar» matbuot xizmati e’lon qildi.

«Biz hamkorlikda ishlashni davom ettiramiz. «Lester»ga uzoq yillar davomida muvaffaqiyat keltirishni istaymiz», - dedi 46 yoshli mutaxassis.

Avvalroq, Rojers xizmatiga «Arsenal» qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Angliya Premer-Ligasining bu mavsumida «Lester» 35 ochko bilan jadvalda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz