Узбек O'zbek
«Lester» Rojers bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Juma, 06 Dekabr
1490

«Lester» jamoa bosh murabbiyi Brendan Rojersga yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.

«Lester» yangi shartnoma orqali «Arsenal»ning Rojersga bo‘lgan qiziqishidan qutulmoqchi. 

Rojers avvalgi shartnoma bo‘yicha yiliga 7 mln yevro maosh olardi. Yangi bitimga ko‘ra bu qiymat oshishi mumkin. Shuningdek, Rojersning tovon puli 15 mln yevrodan ko‘proqni tashkil qiladi.

Ushbu mavsumda «Lester» APLda 2-o‘rinni egallab turibdi. Brendan Rojers shogirdlari 15ta turda 35 ochko to‘plashgan. Jamoa navbatdagi o‘yinni 8 dekabr kuni safarda «Aston Villa»ga qarshi o‘tkazadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz