Узбек O'zbek
Florentino Peres Superliga tashkil qilmoqchi
Juma, 06 Dekabr
7577

«Real» prezidenti Florentino Peres Yevropa futbolini isloh qilmoqchi.

New York Times xabariga ko‘ra, mulozim Yevropaning 5ta chempionati vakillaridan iborat mega-musobaqani tashkil qilish taklifini bergan. 

Rejaga ko‘ra, Superliga deb nomlanadigan musobaqa yil bo‘yi o‘tkaziladi. Uning vakillari o‘z milliy chempionatida ishtirok etmaydi. Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya va Fransiyadan tanlab olingan 40ta jamoa 2ta ligaga ajratiladi. Ligalar orasida jamoalar almashinuvi bo‘ladi. Eng asosiysi – ishtirokchilarning daromadi 2 barobar oshadi.

Manbaning ta’kidlashicha, Peres bu g‘oyani ba’zi top-klublar va FIFA prezidenti Janni Infantino bilan muhokama qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz