Узбек O'zbek
«Everton» top murabbiyni taklif qilmoqchi
Juma, 06 Dekabr
6668

Italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti «Everton» klubini boshqarishi mumkin. 

Sportsmail xabariga ko‘ra, bosh murabbiy Marku Silva bilan xayrlashgan «iriska»lar Anchelotti yoki «Shanxay SIPG» ustozi Vitor Ferreyrani taklif qilish haqida o‘ylamoqdalar.

«Napoli» klubini boshqarayotgan Karlo Anchelotti qoniqarsiz natijalar tufayli iste’foga chiqarilishi mumkin. Jamoa qatorasiga 8ta o‘yindan beri g‘alaba qozonolmayapti.

Shuningdek, Anchelotti xizmatiga «Arsenal» ham qiziqish bildirmoqda. Londonliklar qatorasiga 9ta o‘yindan beri g‘alaba nimaligini bilishmayapti.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz