Узбек O'zbek
«Everton» Marko Silvani iste’foga chiqardi
Juma, 06 Dekabr
1446

«Everton» klubi bosh murabbiyi Marko Silva iste’foga chiqarildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. 

«Farhod Moshiri boshchiligidagi klub aksiyadorlari va direktorlar kengashi qaroriga ko‘ra, jamoaning qoniqarsiz natijalari sababli Marko Silva iste’foga chiqarildi» - deyiladi klub xabarida.

«Everton» 15-turda safarda «Liverpul»ga 2:5 hisobda mag‘lub bo‘lgach, APL turnir jadvalida 18-o‘ringa tushib ketdi. 

Silva klubda 18 oy faoliyat olib bordi. U jamoa boshqaruviga 2018 yilning may oyiga kelgandi.

«Everton» bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi sifatida klubni keyingi turda «Chelsi»ga qarshi Dankan Fergyusson boshlab tushadi.

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz