Узбек O'zbek
Eriksen boshqa ingliz klubiga o‘tishi mumkin
Juma, 06 Dekabr
6647

«Manchester Yunayted» «Tottenhem Hotspur» yarimhimoyachisi Kristian Eriksenni transfer qilish uchun yana bir bor urinib ko‘rishi mumkin. Bu haqda Mirror nashri xabar tarqatdi.

Daniyalik futbolchi yozda Chempionlar ligasiga yo‘llanmasi yo‘q bo‘lgan manchesterliklar klubiga o‘tishga rozi bo‘lmagandi, ammo «Tottenhem» yangi mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlagani tufayli manchesterliklar Eriksenni o‘z tomonlariga og‘dirishga umid qilishmoqda.

«Shporlar» yanvarda klublarning takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor, ammo London klubi futbolchisini kamida 50 mln yevroga sotishni mo‘ljallagan.

«Manchester Yunayted» yozda erkin agentga aylanadigan Eriksen uchun raqobat kuchayib ketishini tushunib turibdi. Ayni damda «Yuventus» va «Atletiko» ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda va uning uchun qishdayoq «Tottenhem»ga taklif berish haqida o‘ylamoqda.

Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Kristian Eriksen 12 uchrashuvda maydonga tushib, bir gol urdi va bir golga uzatma berdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz