Узбек O'zbek
«Chelsi»ning transfer taqiqi qisqartirildi
Juma, 06 Dekabr
3639

Londonning «Chelsi» klubining Sport arbitraj sudiga (CAS) yuborgan transfer taqiqi borasidagi apellyatsiyasi tashkilot tomonidan ma’qullandi.

«Chelsi»ning transfer taqiqi bitta transfer oynasigacha qisqartirildi. Endi, Frenk Lempard klubi yanvar oyidan boshlab yangi futbolchilar bilan shartnoma tuzishi mumkin.

Sport arbitraj sudi qaroriga ko‘ra, «Chelsi» FIFAga 300 ming Shveysariya franki miqdoridagi jarima pulini to‘laydi.

Eslatib o‘tamiz, FIFA «Chelsi»ning voyaga yetmagan futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olishda xalqaro transfer qoidalarini buzganlikda aybdor deb topib, klubga ikki transferlar oynasida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlab qo‘ygan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz