Узбек O'zbek
Belerin: «Ko‘p vaziyatlar yaratyapmiz, ammo raqiblar har bir vaziyatdan gol urib ketishmoqda»
Juma, 06 Dekabr
690

«Arsenal» himoyachisi Ektor Belerin APLning 15-turidan o‘rin olgan «Brayton»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng (1:2) o‘z fikrlarini bildirdi.

«Nima deyishni bilmayman. Jamoa vaziyatlarni yaratdi, yaxshi himoyalandi. Shunisi ayonki, biz gol urish uchun juda ko‘p vaziyatlar yaratyapmiz, raqiblar esa har bitta vaziyatdan gol urib ketishmoqda.

O‘ylashimcha, jamoamiz kuchli. Bunday mag‘lubiyatni qabul qilish qiyin. Davom etishimiz kerak. Ishonchim komilki, natijalar bo‘ladi.

Futbol ba’zida hayotga o‘xshaydi: ko‘tarilishlar ham, pasayishlar ham bor. Men «Arsenal» bilan kuboklarni yutdim. Ham yaxshi, ham yomon mavsumlarni o‘tkazdim.

Fredi (Yungberg) bu hafta jamoaga ko‘p yordam berdi. U kiyinish xonasida a’lo darajadagi muhit yaratdi», – deb Belerinning so‘zlarini keltiradi BBC.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz