Узбек O'zbek
APL. «Arsenal» o‘z maydonida «Brayton»ga yutqazib qo‘ydi
Juma, 06 Dekabr
4467

Angliya Premer-ligasining 15-turidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yin yakunlandi. «Arsenal» o‘z uyida «Brayton»ni qabul qilib, kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi. Mehmonlardan Uebster va Mopening golllariga «to‘pchilar»dan Lyakazett bir bor javob berdi.

Mag‘lubiyatdan so‘ng «Arsenal» 19 ochko bilan 10-o‘rinni egallab turibdi. 3 ochkoni qo‘lga kiritgan «Brayton» esa 18 ochko bilan 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

APL, 15-tur, 5 dekabr 

Arsenal – Brayton 1:2
Gollar: Lyakazett (50) – Uebster (36), Mope (80).
Arsenal: Leno, Papastatopulos, Kolashinats (Tirni, 72), Belerin, Luis, Uillok (Pepe, 46), Jaka, Torreyra, Ozil, Lyakazett (Martinelli, 77), Obameyang. 
Brayton: Rayan, Bern, Uebster, Dank, Muy, Stivens, Gross (Trossard, 80), Propper, Alsate (Daffi, 88), Mope, Konnolli (Montoyya, 76).
Ogohlantirishlar: Belerin (20), Papastatopulos (45), Gross (60), Luis (68).

Sheffild Yunayted – Nyukasl 0:2
Gollar: Sent-Maksimen (15), Shelvi (70).

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz