Узбек O'zbek
Sulsher: «Bu – Reshfordning mening qo‘l ostimdagi eng yaxshi o‘yini»
Payshanba, 05 Dekabr
2259

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher APLning 15-turidan o‘rin olgan «Tottenhem»ga qarshi o‘yindan so‘ng (2:1) o‘z fikrlarini bildirdi.

«G‘alaba qozonish har doim quvonchli. Yigitlar doimiy ravishda o‘rganishyapti va yaxshilanishmoqda. Bugun birinchi marta uzoq vaqt davomida zo‘r o‘ynadik.

Reshford? Bu uning qo‘l ostimdagi eng yaxshi o‘yini edi. Uning gol urishini bilardik, unda 3-4ta yaxshi vaziyatlar bo‘ldi.

3 ochko biz uchun katta ahamiyatga ega. Bu mavsumda biz juda ko‘p durang o‘ynadik va yetakchilardan juda uzoqlashib ketdik. So‘nggi ikki o‘yin juda yaxshi saboq bo‘ldi va biz yana ajoyib uslubga qaytdik.

Qayta tug‘ilishni boshladik. Kerakli qarorlarni qabul qildik. Bu klub yana eng yaxshisi bo‘lishi uchun harakat qilyapman. Biz hammasini to‘g‘rilab, ketma-ket 3-4 o‘yinda g‘alaba qozonsak, ular chinakam «MYU»ni his qila boshlashadi», – deb Sulsherning so‘zlarini keltiradi BBC.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz