Узбек O'zbek
«Liverpul» klublararo jahon chempionatiga tarkibdagi muammo bilan yo‘l oldi
Payshanba, 05 Dekabr
7868

«Liverpul» klubi klublararo jahon chempionatida ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

«Qizillar» bo‘lg‘usi musobaqaga 23 nafar futbolchi bilan yo‘l olishdi. Unda himoyachi Joel Matip va yarimhimoyachi Fabino sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli ishtirok etolmaydi.

«Liverpul»ning qaydnomasi quyidagicha: Alisson, Adrian, Lonergan, Van Deyk, Veynaldum, Lovren, Milner, Keyta, Firmino, Mane, Saloh, Gomes, Henderson, Oksleyd-Chemberlen, Lallana, Shakiri, Bryuster, Robertson, Origi, Jons, Aleksandr-Arnold, Elliot, Uilms.

Klublararo jahon chempionati 11-21 dekabr kunlari Qatarda o‘tkaziladi. «Liverpul» turnirni yarimfinal bosqichidan boshlaydi. Unga Meksikaning «Monterrey», Qatarning «As-Sadd» va Yangi Kaledoniyaning «Engen Sport» klublaridan biri raqib bo‘ladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz