Узбек O'zbek
Lempard: «Mag‘lubiyatlarni dars sifatida qabul qilganimizni ko‘rsatdik»
Payshanba, 05 Dekabr
1642

«Chelsi» bosh murabbiyi Frenk Lempard APLning 15-turidan o‘rin olgan «Aston Villa»ga qarshi o‘yindan so‘ng (2:1) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Qulayroq hisob bilan g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Raqibdan sezilarli darajada ko‘p vaziyatlar yaratdik, ammo ulardan foydalana olmaslik muammosiga bu mavsumda birinchi marta duch kelmayapmiz.
Hujumlarni yakunlashda samardorlik yo‘q, ammo jamoaviy o‘yin nuqtayi nazaridan men xohlagan narsamni ko‘rdim.

«Vest Hem»ga qarshi bahs (0:1) aslida bizning darajamizdan past bo‘lgan yagona o‘yin edi. Bugun esa men kutgan o‘yin bo‘ldi. Biz ajoyib o‘yin o‘tkazdik.

Mag‘lubiyatlarni dars sifatida qabul qilishimiz kerak. Jamoa buni ko‘rsatdi va bunga javob bera oldi», – deb Lempardning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz