Узбек O'zbek
Lempard Abraham, Maunt va Pulishich haqida gapirdi
Payshanba, 05 Dekabr
3695

«Chelsi» bosh murabbiyi Frenk Lempard APLning 15-turidan o‘rin olgan «Aston Villa»ga qarshi o‘yindan so‘ng (2:1) ayrim o‘yinchilari haqida gapirib o‘tdi.

«Abraham – ayni paytda chempionatning eng yaxshi hujumchilaridan biri. Bundan tashqari, u jamoaviy o‘yinda juda foydali, chunki u raqib himoyasiga bosim qiladi. U kiyinish xonasida ham asosiy o‘yinchilardan biriga aylanadi, barchaga o‘z g‘ayratini yuqtiradi. Albatta, bunday o‘yinchining bo‘lmasligi jamoani zaiflashtiradi. Biz uning safga tez qaytganidan xursandmiz.

Maunt? Meysonning o‘yinga qo‘shgan hissasini faqat gollar baholaydi, deb o‘ylamayman. Golsiz seriyaning uzunligi milliy jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlardagi tanaffus va uning bir necha o‘yinlarni o‘tkazib yuborganligi bilan bog‘liq. U sheriklarining harakatlarini bir-biriga bog‘laydi,  qanotlardan raqibga tahdid soladi. Men undan shuni kutgan edim va u buni namoyish qildi.

Pulishich ajoyib o‘yin namoyish etadi. Kristianning o‘yinlari zavq bag‘ishlaydi. Uning yangi darajaga chiqishini kutishmoqda. Pulishich dunyoning eng zo‘r o‘yinchilaridan biri bo‘lish uchun zarur bo‘lgan hamma narsaga ega. Ayni paytda u a’lo darajada va bundan keyin ham o‘sishiga ishonaman», – deb Lempardning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz