Узбек O'zbek
Klopp: «Chiroyli gollar, ajoyib uzatmalar, namunali futbol. Barchasi ajoyib edi»
Payshanba, 05 Dekabr
2161

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 15-turidan o‘rin olgan «Everton»ga qarshi o‘yindan so‘ng (5:2) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Barchasi ajoyib edi. Chiroyli gollar, ajoyib uzatmalar, namunali futbol. Menga juda yoqdi.

Bizga yangi oyoqlar kerak edi va men zaxiradagi futbolchilarga ham hurmatimni ko‘rsatishim kerak edi. Ular buni isbotlab berishdi. Barcha yigitlar o‘ynashga tayyor bo‘lishganida o‘zgarishlar qilish juda qiziqarli.

Birinchi mavsumimdagi derbida Divok Origi jarohat olgan edi, o‘shanda u uchun juda qiyin payt edi. Bu uning karerasini o‘zgartirdi.

32 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriya? Buni bir mavsum ichida qilishimizni istardim. O‘tgan mavsumda deyarli 38ta o‘yinda yutqazmadik (yagona mag‘lubiyat safarda «Manchester Siti»ga qarshi bahs edi – 1:2), ammo bu chempionlik uchun yetarli emas edi. Shunday qilib, bu juda yaxshi raqam. Lekin men unchalik qiziqmayman.

Yaxshi boshladik, ehtimol, ideal bo‘lsa ham kerak. Endi 2 yoki 3 marta uxlaymiz, keyin bizda «Bornmut»ga qarshi o‘yin bor», – deb Kloppning so‘zlarini keltiradi BBC.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz